Maktabingiz — endi
yangi bosqichda

Maktabingiz uchun tayyor transport xizmati , ota-onalar uchun esa kundalik qulaylik.

02 — Yechim

Sizning ustunligingiz

01

Sifatli xizmat ko'rsatish

Maktab xizmatlari ro'yxatiga tayyor transport qo'shiladi — yangi xodim, mashina yoki qo'shimcha xarajatsiz.

02

Bolalar xavfsizligi

Tekshirilgan haydovchi, yoshiga mos o'rindiq, bog'langan kamar. Bola faqat tasdiqlangan shaxsga topshiriladi.

03

Ota-ona ishonchi

Ota-ona jarayonni o'z telefonida ko'radi. Shaffoflik maktabga bo'lgan ishonchni kuchaytiradi.

04

Rejali kutib olish va kuzatish

Guruhlar bo'yicha aniq vaqtli jadval: kim olib kelindi, kim olib ketildi — hammasi yozib boriladi.

03 — Qulaylik

Ota-onalar uchun.

01

Har bitta bola uchun alohida e'tibor

Bir mashinada cheklangan son. Har bola nomi bilan kutib olinadi va nomi bilan topshiriladi.

02

Vaqtni tejash

Kuniga ikki marta yo'lga chiqish shart emas. Ertalabki shoshqaloqlik va kechki kutish tugaydi.

03

Ishonchli haydovchi

Har kuni bir xil, tanish haydovchi. Uning ma'lumotlari va transporti ilovada ko'rinadi.

04

Har bir safar nazoratda

Chiqdi, yo'lda, yetib bordi — har bosqichda xabar keladi, xaritada esa jonli harakat.

Ko'p bosqichli tekshiruv

Haydovchilarning hujjatlari, haydovchilik tajribasi, tibbiy ko'rigi va sudlanganlik holati tekshiriladi — ishga qabul qilishdan oldin va keyin ham davriy ravishda.

Yoshiga mos o'rindiq

Bo'yi va yoshiga mos bola o'rindig'i har bir mashinada. Kamar bog'lanmaguncha mashina joyidan jilmaydi.

Jonli kuzatuv va xabar

Yo'lga chiqdi, yo'lda, yetib bordi — har bir bosqichda telefoningizga bildirishnoma keladi. Xaritada esa mashina real vaqtda ko'rinadi.

24/7 nazorat markazi

Har bir qatnov operatorlar nazoratida. Kutilmagan holat bo'lsa — siz qo'ng'iroq qilishingizdan oldin biz aloqaga chiqamiz.

Pilot bosqichi

Keling, pilotni birga sinab ko'ramiz.

Hozir xizmat 1–2 ta maktab va cheklangan sonli bolalar bilan boshlanadi. Narx marshrut va masofaga qarab individual belgilanadi — shuning uchun birinchi qadam qisqa uchrashuv.

Uchrashuvda maktab va hudud uchun pilot modelni birgalikda muhokama qilamiz.